
Yig'in davomida Jahon chempionati saralash uchrashuvlari doirasida KXDRga qarshi o'yin o'tkaziladi.
Ahamiyatlisi, “Oq-tepa” jamoasi shifokori Marat Xuziyaxmetov mazkur yig'in davomida milliy terma jamoa bilan birga bo'ladi. Biz Marat Munistovichning milliy terma jamoadagi faoliyatiga omad tilagan holda, termamizga Shimoliy Koreyaga qarshi o'yinda g'alaba tilab qolamiz!