“Oq-tepa”. Qoyil! Mavsumni yana safarda boshlaymiz

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2016, 16:08
2006 yildan buyon O'zbekiston Birinchiligida qatnashib kelayotgan “Oq-tepa” mana ketma-ket o'ninchi mavsumni safarda boshlaydigan bo'ldi.

Bu kishini hayron qoldirishi mumkin, ammo fakt! Qur'aning ko'zi ko'r, deb bekorga aytishmasa kerak. Qur'a jamoamizga faqatgina 2006 yilgi mavsumning ochilish uchrashuvini o'z maydonida o'tkazishni “tortiq” qilgan, biroq o'sha o'yin taqdirini texnik hisob hal qilgan.

Shundan so'ng “Oq-tepa” har yili chempionat o'yinlarini safarda boshlab kelmoqda. Jamoamiz ortda qolgan 9ta o'yinning 2tasida g'alaba qozongan bo'lsa, yana 2tasida durang qayd etgan. Qolgan bahslarda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. 

Eslatib o'tamiz, bugun bo'lib o'tgan qur'a natijalariga ko'ra, “Oq-tepa” 2016 yilgi mavsumni safarda “Lokomotiv-BFK”ga qarshi boshlaydigan bo'ldi.


2006 yil

OQ-TEPA - NBU-OSIYO - -:+


2007 yil

SO'G'DIYONA - OQ-TEPA - 0:0


2008 yil

SOKOL-UCHQUDUQ - OQ-TEPA - 4:1


2010 yil

SPARTAK - OQ-TEPA - 1:1


2011 yil

LOKOMOTIV – OQ-TEPA – 4:1


2012 yil

KOSONSOY – OQ-TEPA – 3:1 


2013 yil

YANGIER – OQ-TEPA – 0:1


2014 yil

BUNYODKOR-2 – OQ-TEPA - 1:2


2015 yil

PAXTAKOR-2 – OQ-TEPA – 2:1


2016 yil

LOKOMOTIV-BFK – OQ-TEPA


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: oq-tepa.uz