"Oq-tepa": O'rtoqlik uchrashuvlaridagi raqiblarimiz ma'lum

Narzulla Saydullayev
30 iyul 2014, 14:30
Kechadan Toshkentda tayyorgarlikni boshlagan jamoamiz O'zbekiston Birinchiligining 2-bosqich o'yinlari boshlanguniga qadar 4ta nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Jumladan, bugun “Oq-tepa” “Paxtakor-2”ga qarshi maydonga tushsa, shanba kuni birinchi liga debyutanti “Obod” bilan hisob-kitob qilinadi. 5 avgust kuni “NBU-Osiyo” raqibimiz bo'lsa, oradan bir kun o'tib endi “UzDongJu” sinovdan o'tkaziladi.

O'rtoqlik uchrashuvlari
30 iyul. “Oq-tepa” stadioni
“Oq-tepa” – “Paxtakor-2”

2 avgust. “Obod” stadioni
“Obod” – “Oq-tepa”

5 avgust. HQBYU stadioni
“NBU-Osiyo” – “Oq-tepa”

7 avgust. “Qiziltog'” stadioni
“UzDongJu” – “Oq-tepa”

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz