"Oq-tepa": “Obod” bilan durang o'ynadik

Narzulla Saydullayev
4 avg 2014, 11:16
Kuni kecha "Oq-tepa" klubi mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik jarayonidagi navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Birinchi liga debyutanti “Obod”ga qarshi bo'lib o'tgan bellashuv durang bilan yakunlandi. Aytish kerak, “Oq-tepa” mazkur raqibini bu yil umuman mag'lubiyatga uchrata olmadi. Chempionat bahslarining birida durang qayd etilgan bo'lsa, ikkinchisida mag'lubiyat alamini totib ko'rganmiz. O'rtoqlik uchrashuvida ham debyutant yutqazmadi. Jamoamizning yagona goliga ko'rikda bo'lib turgan Feruz Boboqulov mualliflik qildi.

Nazorat uchrashuvi
“OBOD” – “OQ-TEPA” – 1:1
Gol:
Feruz Boboqulov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz