"Oq-tepa": Yig'in boshlandi

Narzulla Saydullayev
2 yanv 2015, 15:31
Avval xabar berganimizdek, bugun tushda jamoamiz a'zolari yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun “Oq-tepa” bazasida yig'ilishdi.
Dastlab klub rahbarlari va murabbiy hamda futbolchilar o'rtasida yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda yangi mavsum rejalari muhokama etildi. Xususan, “Oq-tepa” bu yil ham o'z oldiga oliy maqsadlar qo'yishi takidlandi. Buning uchun murabbiy va futbolchilarga barcha sharoitlar yaratib berilishi mos ravishda talab ham shunga yarasha bo'lishi aytib o'tildi.

Yig'ilishda so'zga chiqqan bosh murabbiy Eldor Sakaev futbolchilarga nisbatan talablar jiddiy bo'lishiga alohida urg'u berdi. O'z oldiga oliy maqsadlar qo'yayotgan jamoaning mashg'ulotlaridan tortib, ichki tartib qoidalarigacha yuqori saviyada bo'lishi lozimligi eslatib o'tildi. Yig'ilish yakunlangach, futbolchilar yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz