

Yig'ilishda murabbiylar shtabidagi o'zgarishlar haqida so'z bordi. Yani, 2015 yilgi mavsumda “Oq-tepa” jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat ko'rsatgan Ildar Sakaev bugundan iste'foga chiqdi. Klub rahbariyati va murabbiy o'zaro kelishgan holda shunday qarorga kelindi.
Ayni vaqtda bo'shab qolgan o'rin o'rniga yangi nomzodlar bilan muzokara o'tkazilmoqda. Tez orada yangi mutaxassis “Oq-tepa” bosh murabbiyi sifatida faoliyatini boshlaydi.
“Oq-tepa” futbol klubi rahbariyati tajribali mutaxassis Sakaev Ildar Usmonovichning keyingi faoliyatiga omad tilagan holda, jamoa uchun qilgan mehnatlariga minnatdorchilik bildiradi.




