

U "Manchester Yunayted"ga muxlislik qilishini ta'kidladi.
"Yo'q, men xafa emasman, chunki biz ajoyib o'yin o'tkazdik", – dedi Uzoho "BT Sport" telekanaliga bergan intervyusida.
"Albatta, hech bo'lmaganda bir ochko olishni afzal ko'rgan bo'lardim, lekin baribir baxtiyorman! Bunday stadionda bu toifadagi o'yinchilarga qarshi o'ynash oson emas, hammasidan qoniqdim.
Ha, men "Yunayted"ning ashaddiy muxlisiman! Orzum amalga oshdi.. Bu yerda o'ynashni uzoq vaqtdan beri orzu qilardim, qur'a natijalarini ko'rib, "Old Trafford"ga borishimizni anglaganimda, maydonda bo'lishni juda xohladim. Men o'ynash imkoniyatini olish uchun Xudoga ibodat qildim va bunga erishdim! Shuning uchun men hozir baxtliman!", – dedi Uzoxo.



