Omadsizlik... "Real"ning to'rtinchi o'ng qanot himoyachisi ham jarohat oldi

Mirjalol Normatov
2 noya 2020, 14:10
"Real" o'ng qanot himoyasida jiddiy muammolarga duch kelmoqda.

"Marca" xabariga ko'ra, Lukas Vaskes ham shanba kuni "Ueska"ga qarshi o'yinda jarohat oldi. Shu orqali u "Real" lazaretidagi to'rtinchi o'ng qanot fulbekiga aylandi.

Bunga qadar Dani Karvaxal, Alvaro Odriosola va Nacho Fernandes kabi futbolchilar ham jarohat orttirib olgandi.

Eslatib o'tamiz, seshanba tunida "Real"ni "Inter"ga qarshi o'yin kutib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca