“Omadli chipta” akciyasi g'oliblari aniqlandi

9 iyun 2015, 08:02
Oliy liga 12-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Nasaf” uchrashuvining tanaffus vaqtida “omadli chipta” akciyasi bo'lib o'tdi.

Unda 11 iyun kuni “Bunyodkor” stadionida o'tkaziladigan O'zbekiston – Eron uchrashuviga kirish huquqini beruvchi 10ta chipta o'z egalarini topdi. “Omadli chipta” akciyasida g'oliblarni “Nasaf” jamoasining sloveniyalik himoyachisi Roy Rok aniqlab berdi.

Bunday akciyalar “Bunyodkor” stadioni mamuriyati tomonidan hali ko'p marotaba tashkil etilishi rejalashtirilgan.



Manba: bunyodkor-stadium.uz