"Oltin to'p"ni Vinisiusga Ronaldo topshirishi kerak edi, ammo...

Aslanov Jasurbek
28 okt 2024
"Oltin to'p" ssenariysiga ko'ra, bosh sovrinni Vinisius Juniorga braziliyalik Ronaldo topshirishi ko'zda tutilgan edi.

Oldinroq, "Oltin to'p"ni "Real" vingeri Vini emas "Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri olishi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi. Ushbu xabar tufayli "Qirollik klubi" vakillari marosimga bormaydigan bo'lishdi, biroq Vinisius g'alaba munosabati bilan Parijda bayram reja qilib qo'ygan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Oltin to'p"ni "Real" futbolchisi yutganida sovrinni Madrid klubi sobiq hujumchisi Ronaldo topshirishi kerak edi.

E'lon qilingan yangiliklardan so'ng Ronaldo marosimda ishtirok etadimi, yo'qmi, ma'lum emas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Chiringuito