"Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan Messi MLSga yangi kelgan futbolchilar orasida eng yaxshi bo'la olmadi

Оқил Абдубарноев
2 noya 2023, 23:47
Lionel Messi MLSning eng yaxshi yangi futbolchisi sovrinini qo'lga kirita olmadi.

Mukofot “Atlanta Yunayted” hujumchisi Georgios Yakumakisga nasib etdi. Gretsiyalik futbolchi MLSning joriy mavsumida 28 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi hamda Lusiano Akosta bilan liga to'purarlari ro'yxatida ikkinchi o'rinni bo'lishib oldi.

Lionel Messi ("Inter Mayami") va Eduard Leven ("Sent-Luis Siti") ham "Eng yaxshi yangi kelgan futbolchi" sovrini uchun kurashayotgandi. Argentinalik futbolchi ligada 6 ta o'yin o'tkazib, gol+pas tizimida 3 (1+2) ochko jamg'ardi. Levenda esa 30 o'yinda 15 (6+9) ochko mavjud.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/MLS