"Oltin to'p"dan quruq qolgan Vinisius JCH-2026 saralash o'yinlarida umuman gol urolmayapti

Tolibjon Qosimov
20 noya 2024
Vinisius Junior JCH-2026 saralashi doirasida ketma-ket 7 o'yindan beri Braziliya terma jamoasi tarkibida gol urolmayapti.

Braziliya JCH-2026 saralashi doirasida Urunvay bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

"Real" a'zosi Vinisius Junior butun o'yinni maydonda o'tkazdi va na gol urdi, na golli pas berdi. Bunday holatda vinger Braziliya terma jamoasi tarkibida barcha musobaqalar doirasida oxirgi beshta o'yinda umuman samarali harakat amalga oshira olmadi.

Hozir davom etayotgan Jahon chempionati saralashida esa Vinisius 7ta o'yinda birorta gol ura olmagan. Umumiy olganda Vini Braziliya tarkibida 37ta uchrashuvda 5 tagina to'p kiritgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia