"Oltin to'p" kimga nasib etadi? Messi va Ronalduning 2017 yildagi statistikasi + FOTO

Tolibjon Qosimov
7 dek 2017, 19:11
Bugun, 7 dekabr kuni "France Football" nashri tomonidan topshiriladigan "Oltin to'p" sovrini o'z egasiga topshiriladi.

Sovrin Fransiya poytaxti Parijdagi "Eyfel" minorasida beriladi. Marosim Toshkent vaqti bilan 23:50da boshlanadi.
Quyida "Oltin to'p"ga asosiy da'vogarlar sifatida qayd etilayotgan Lionel Messi ("Barselona") va Krishtianu Ronaldu ("Real")larning 2017 yildagi statistikasini keltirib o'tamiz.

Lionel Messining 2017 yildagi statistikasi:

O'yinlar: 61ta
Gollar: 52ta
Golli paslar: 14
Sovrin: 1ta (Ispaniya kubogi)

Krishtianu Ronalduning 2017 yildagi statistikasi:

O'yinlar: 56ta
Gollar: 49ta
Golli paslar: 13
Sovrin: 4ta (La Liga, YCHL, Ispaniya superkubogi, Yevropa superkubogi)


Eslatib o'tamiz, ayni paytda Messida 5ta, Ronalduda esa 4ta "Oltin to'p" mavjud. Xo'sh, sizningcha bugun ushbu sovrin kimga nasib etadi?

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/brfootball