"Oltin to'p"

Omonjon To`xtamirzayev
24 okt 2024
Karim Benzema sobiq jamoadoshi Vinisius Juniorning YCHL doirasidagi "Borussiya" bilan o'yindagi xet-trigiga munosabat bildirdi.

"Real" vingeri Chempionlar Ligasi guruh bosqich 3-turi doirasida "Borussiya" (5:2) darvozasini 3 bor ishg'ol etishni uddaladi.

"O'yindan keyin braziliyalik ijtimoiy tarmoqlarga bir nechta surat yukladi va shunday izoh qoldirdi: "Biz – "Real Madrid". 

Unga javob tariqasida "Oltin to'p", – deb yozib qoldirdi "Real"ning sobiq, "Al Ittihod"ning hozirgi sardori Karim Benzema. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia