"Olmaliq" Antaliyada "Yuventus" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2017, 21:07
"Olmaliq" bir necha kunlik hordiqdan so'ng, navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazish uchun xorij safariga otlandi.

Antaliyadagi "Kremlin" mehmonxonasida istiqomat qilayotgan jamoa bugundan mashg'ulotlarga kirishdi. Ikki mahaldan olib boriladigan mashg'ulotlar 20 fevralga qadar davom ettiriladi. Bu vaqt oralig'ida jamoamiz 5ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan.
Dastlabki o'yin 6 fevral kuni Ukrainaning "Zarya" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.

Jamoamizning o'rtoqlik o'yinlari taqvimi quyidagicha:

6 fevral - "Zarya" (Lugansk, Ukraina)
11 fevral - "Yuventus" (Buxarest, Ruminiya)
14 fevral - "Vorskla" (Poltava, Ukraina)
17 fevral - "VIT Jorjiya" (Tbilisi, Gruziya)
19 fevral - "Gelios" (Xarkov, Ukraina)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz