Oliy liga. 5-tur uchrashuvlariga 47643 nafar muxlis tashrif buyurdi

Aslanov Jasurbek
8 apr 2017, 17:43
6-7 aprel kunlari O'zbekiston chempionatining 5-tur uchrashuvlari o'tkazildi.

Ushbu bahslarni stadiondan 47643 nafar muxlis kuzatgan.

Eng ko'p ishqiboz Namanganda kuzatildi. "Navbahor" - "Mashal" o'yiniga 16280 nafar tomoshabin yig'a oldi. Ikkinchi o'rin qo'qonliklarga tegishli. "Qo'qon-1912" - "Dinamo" bahsiga 8528 nafar muxlis tashrif buyurdi.

Eng kam muxlis yig'gan bahs Toshkentda bo'ldi. "Bunyodkor" - "Qizilqum" o'yiniga 507 nafar muxlis kelgan.

"Navbahor" - "Mashal" - 16280 muxlis.

"Qo'qon-1912" - "Dinamo" - 8528.

"Buxoro" - "Neftchi" - 7911.

"Sho'rtan" - "Lokomotiv" - 5702.

"So'g'diyona" - "Obod" - 5200.

"Olmaliq" - "Nasaf" - 2403.

"Paxtakor" - "Metallurg" - 1112.

"Bunyodkor" - "Qizilqum" - 507.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia