Oliy liga. 11-turning eng ko'p tomoshabini Buxoroga keldi

Narzulla Saydullayev
19 may 2017, 17:51
Kecha oliy ligada 11-tur bahslari yakuniga etdi.
Bu turdagi 8ta o'yinni ko'rish uchun stadionlarga jami 37440 tomoshabin keldi. Bu har bir uchrashuvga o'rtacha 4686 nafar tomoshabin keldi deganidir.

Turning eng ko'p tomoshabini Buxorodagi "Buxoro" - "Navbahor" uchrashuviga tashrif buyurdi. Oltita gol urilgan bahsni stadiondan 10954 muxlis kuzatib bordi.

Vodiyda o'tgan "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" uchrashuvga ham 10 mingdan ziyod tomoshabin keldi.


Oliy liga-2017. 11-tur tomoshabinlar tashrifi:

Buxoro (Buxoro) – Navbahor (Namangan) – 3:3. 10954 tomoshabin

Qo'qon-1912 (Qo'qon) – Lokomotiv (Toshkent) – 1:1. 10576 tomoshabin

Qizilqum (Navoiy) – Neftchi (Farg'ona) – 2:2. 6472 tomoshabin

Olmaliq (Olmaliq) – Metallurg (Bekobod) – 1:0. 2485 tomoshabin

Bunyodkor (Toshkent) – Paxtakor (Toshkent) – 1:1. 2123 tomoshabin

So'g'diyona (Jizzax) – Sho'rtan (G'uzor) – 1:0. 2067 tomoshabin

Nasaf (Qarshi)– Mashal (Muborak) – 1:0. 1503 tomoshabin

Obod (Toshkent) – Dinamo (Samarqand) – 3:1. 1260 tomoshabin


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia