Oliver Torres: "Fernando Torres o'zimga ishonishim kerakligini aytdi"

Aslanov Jasurbek
26 dek 2016, 16:10
"Atletiko" yarim himoyachisi, hozirda "Portu" sharafini himoya qilayotgan Oliver Torres ispan klubi hujumchisi Fernando Torresga minnatdorchilik bildirdi.

"Fernando bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. U har mashg'ulotda juda kamtar. Doimo Fernandoga yaqin bo'lishni istaganman. Torres o'zimga ishonishim kerakligini aytgan. U ko'p qiynalganini, ammo mehnat va xohish evaziga barchasini engib o'tganini aytib bergan. Qiyinchiliklarga chidashga harakat qilyapman, ammo o'yin amaliyoti bo'lmasa qiyin. Jamoaga yordam berishni istaganman, ammo imkoniyat bo'lmagan" - deydi Torres.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com