"Olimpik"ning Turkiyadagi o'rtoqlik o'yinlari ma'lum

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2023
Superliga klublari bo'lajak mavsumga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini o'tkazish uchun birin-ketin xorij yig'iniga yo'l olmoqdalar.

Xabaringiz bor, "Olimpik" jamoasi kecha Antaliyaga yetib bordi. U erda bo'lajak mavsumga tayyorgarlikning uchinchi bosqichi davom ettiriladi.

Timur Kapadze boshchiligidagi jamoa bugundan 2 mahal mashg'ulotlarni boshlab yubordi. O'z navbatida, Antaliyadagi sinov-nazorat uchrashuvlari ro'yxatini keltirib o'tamiz.

"Olimpik"ning Antaliyadagi o'rtoqlik o'yinlari

30.01.2023

"Olimpik" - "Sherif" (Moldova)


04.02.2023

"Olimpik" - Iordaniya U-20


06.02.2023

"Olimpik" - "Ocelul" Galac (Ruminiya)


08.02.2023

"Olimpik" - "Arsenal" Tula (Rossiya)


12.02.2023

"Olimpik" - "Dinamo" (Rossiya)

"Olimpik" - "Valmiera" (Latviya)


Ayni paytda jamoa vakillari yana ikkita sanaga ehtimoliy raqiblar bilan muzokara olib bormoqda. Xorij yig'ini 16 fevralga qadar davom etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Олимпик" матбуот хизмати