"Olimpik"ning qarzi 3 milliardga etdi, 4 oydan buyon maosh yo'q

Tolibjon Qosimov
26 avg 2025, 15:35
Proliga ishtirokchisi bo'lgan "Olimpik" klubida maoshlar bilan bog'liq muammolar hamon davom etmoqda.

"Championat.asia" sayti ma'lumotlariga ko'ra, "Olimpik" futbolchilari, murabbiylari va xodimlar 4 oydan buyon maosh olishmayapti. Klub bugungi kunda ovqatlanish va safar harajatlarini qarzga hal qilmoqda. "Olimpik"ning qarzi ayni paytga kelib 3 milliard so'm atrofida.

O'zbekiston tarixida ilk bor Olimpiadaga chiqishda katta hissa qo'shgan klubning bunday holatga tushib qolgani achinarli.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia