"Olimpik"ning chempionatdagi g'alabasiz seriyasi 7 o'yinga etdi

Mirjalol Normatov
11 avg 2023, 22:35
Biroz avval Coca Cola Superligasining 16-turidan o'rin olgan OKMK - "Olimpik" uchrashuvi (2:1) yakunlandi.

Mazkur bahsda imkoniyatni boy berib qo'ygan "Olimpik"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 7 o'yinga etdi.

Timur Kapadze shogirdlari oxirgi marta may oyida "Qizilqum" maydonida zafar quchgandi.

Poytaxtliklar navbatdagi o'yinini "Andijon"ga qarshi o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia