"Olimpik" futbolchilari 3 oydan beri maosh olishmayapti

Tolibjon Qosimov
4 noya 2024
Superligamizning yana bir klubida maoshlar bilan bog'liq muammo yuzaga keldi.

Bu haqda "Championat.asia" sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi. Unga ko'ra, "Olimpik" futbolchilari va murabbiylari avgust, sentyabr va oktyabr oylari uchun maosh olishmagan. Superliga 21-turi doirasida "Qizilqum" jamoasi mag'lub etilgani uchun berilishi kerak bo'lgan mukofot pullari ham hamon berilmagan.

Qizig'i, "Olimpik" futbolchilari Parij Olimpiadasidan keyin bir so'm ham olishmagan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia