"Oliy liga - BML" Kubogi 3-tur yakunlandi

Narzulla Saydullayev
20 noya 2014, 17:00
Soat 17:00da BML Kubogining ikkinchi turi boshlandi. Marhamat ishtirok eting.
Musobaqa jadvali 24 soat ichida e'tiboringizga havola etiladi.

Savollar mazkur sahifada har 10 daqiqada berib boriladi.
Qoidalar bilan tanishtirib o'tamiz:

  1.   Chat qilmaslik.
  2.   Flud (bitta gapni qayta-qayta) qoldirmaslik.
  3.   "CA" tomonidan javob berilganidan so'ng qoldirilgan javoblar inobatga olinmaydi.
  4.   O'quvchining birinchi javobi qabul qilinadi.
  5.   Javob bergan o'quvchi tomonidan qoldirilinadigan keyingi har qanday fikr o'chiriladi.

Qonun-qoidaga amal qilmagan o'quvchi 24 soatga blok qilinadi.

Bugungi BMLni Narzulla olib boradi.


SAVOL #1: 17:00 - 17:10 (vaqt)
1999 yil oliy ligada "Do'stlik" chempion bo'lgandi. O'sha yil "Do'stlik"ni ilk bor mag'lub etgan jamoa?
Javob: "Samarqand-Dinamo"

SAVOL #2: 17:10 - 17:20 (vaqt)
2004 yil Samarqandning "Dinamo" klubi yarim himoyachisi Baxtiyor Ochilov oliy ligada rekord qayd etgandi. U qanday yo'nalishda birinchi bo'lgandi?
Javob: O'sha mavsum davomida eng ko'p ogohlantirish olgan 11ta.

SAVOL #3: 17:20 - 17:30 (vaqt)
2013 yil safarda umuman durang qayd etmagan jamoa qaysi?
Javob: "Qizilqum"

SAVOL #4: 17:30 - 17:40 (vaqt)
Ushbu legioner futbolchi 2008 yildan oliy ligada o'ynashni boshlagan. O'zbekistonning 7ta klubida faoliyat olib borgan. O'zbekistonda uylangan futbolchi kim?
Javob: Arturos Fomenko

SAVOL #5: 17:40 - 17:50 (vaqt)
Suratdagi uchala futbolchi kimligini yozing. Faqat uchta futbolchining ismi to'g'ri yozilgandagina javob hisoblanadi.
Javob: Aleksey Klikunov (12), Aram Voskanyan (11) va Yannis Mandzukas (18).





3-turdan keyingi musobaqa jadvali 24 soat ichida e'tiboringizga havola etiladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia