Oliy liga, 7-tur. Eng ko'p muxlis Qo'qonda

Aslanov Jasurbek
4 may 2015, 15:15
1-2 may kunlari mamlakatimizda oliy liganing 7-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Ortda qolgan bahslarning qaydnomasiga nazar tashlaymiz.

Bo'lib o'tgan 8ta o'yinga jami 48229 nafar ishqiboz tashrif buyurgan. Har bir uchrashuvga o'rtacha 6028tadan muxlis demakdir.

E'tiborlisi eng ko'p tomoshabin Qo'qonda kechgan “Qo'qon-1912” – “Buxoro” (2:1) bahsida kuzatildi.

“Markaziy” stadionga shu kuni jami 9512 nafar ishqiboz qadam ranjida qilgani uchrashuv qaydnomasida yozib ko'rsatilgan.

Aytish lozimki, bu bilan qo'qonliklar peshqadam bo'ldi. Ishonamizki, jamoamizning kelgusi o'yinlarida ham stadion ashaddiy ishqibozlar bilan to'lib-toshadi va ularning qo'llab-quvvatlashi natijasida jamoamiz ham ijobiy natija bilan xursand qiladi.

7-tur. 1 may (juma)

Paxtakor (Toshkent) – Navbahor (Namangan) – 1:0. 1849tomoshabin.

                  *******************************************

Nasaf (Qarshi) – Lokomotiv (Toshkent) – 1:0. 8952tomoshabin.

                  *******************************************

2 may (shanba)

Dinamo (Samarqand) – Metallurg (Bekobod) – 1:0. 7115tomoshabin.

                       *******************************************

Bunyodkor (Toshkent) – Neftchi (Farg'ona) – 0:1. 2511tomoshabin.

                       *******************************************

So'g'diyona (Jizzax) – Mashal (Muborak) – 2:1. 3157tomoshabin.

                       *******************************************

Andijon (Andijon) – SHo'rtan (G'uzor) – 0:0. 8112tomoshabin.

                     *******************************************

“Olmaliq” (Olmaliq) – “Qizilqum” (Navoiy) – 2:0. 7021tomoshabin.

                     *******************************************

“Qo'qon-1912” (Qo'qon) – Buxoro” (Buxoro) – 2:1. 9512tomoshabin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: kokand1912.uz