Oleg Zoteev umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2014, 10:43
Mavsumlar oralig'ida oyog'ini operaciya qildirgan Oleg Zoteev qishki yig'inning ma'lum vaqtini yakka tartibdagi mashqlar bilan o'tkazdi.
U muntazam ravishda jamoa bilan birga bo'lishiga qaramasdan mashg'ulotlarni alohida belgilangan jadval asosida olib bordi. Dubaydagi yig'nning so'nggi kunlarida esa Oleg Zoteev umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shildi va “Spartak” bilan o'yinoldi tayyorgarligida ishtirok etdi.

O'ylaymizki, Oleg tez orada yana avvalgi sport formasini tiklab olib jamoamiz muvaffaqiyatlariga o'z hissasini qo'shadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com