Olamsport.com: Uzbek Tigers jamoasi Toshkentga qaytib keldi

Aziz Tukhtamuradov
26 apr 2016, 15:59
Xabar berganimizdek, Rossiyaning Ulyanovsk shahridagi “Volga-Sport-Arena” muz saroyida Butunjahon Boks seriyasi (WSB) oltinchi mavsumi chorak finali doirasidagi markaziy uchrashuv o'tkazilgandi.

Unda musobaqada ilk marotaba ishtirok etayotgan “Uzbek Tigers”, yani “O'zbek yo'lbarslari” jamoasi Rossiyaning “Russian Boxing Team” jamoasini har ikki kungi janglarda bir xil 3:2 hisobida mag'lub etib, yarim finalga yo'l olgan edi.

Kecha “O'zbek yo'lbarslari” jamoasi delegaciyasi Toshkentga qaytib keldi. Poytaxt xalqaro aeroportida bokschilarimizning ommaviy axborot vositalari xodimlari, boks federatsiyasi rasmiylari hamda keng sport jamoatchiligi kutib oldi.



Qolgan suratlarni olamsport.com saytida tomosha qilishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com