OKMK serbiyalik forvard bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
12 fev 2024
Jamoa bo'lajak mavsum oldidan navbatdagi transferini e'lon qildi.

Serbiyalik hujumchi Milyan Shkrbich endi olmaliqliklar sharafini himoya qiladi. Klub va hujumchi o'rtasida mavsum oxirigacha mo'ljallangan kelishuv imzolandi.



Milyan Shkrbich 1995 yilning 18 sentyabr sanasida Serbiyaning Crvenka shahrida tavallud topgan. U faoliyati mobaynida "Crvenka"", "OFK Belgrad", "Krshko" (Sloveniya), "Giresunspor" (Turkiya), "Zrinski Mostar" (Bosniya va Gertsegovina) va "Radnichki Nish" klublari sharafini himoya qilgan.

28 yoshli futbolchi faoliyati mobaynida umumiy hisobda 130 ta uchrashuvda maydonga tushib, 42 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ОКМК матбуот хизмати