O'yinga tobora oz vaqt qolmoqda

25 fev 2015, 15:47
Yana ikki soatdan so'ng Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionda OCHL "D" guruhidan o'rin olgan 1-tur uchrashuvi "Nasaf" - "Traktorsoziy" bahsi boshlanadi.

O'yin boshlanishiga tobora oz vaqt qolmoqda. Qarshida hozir mayda-mayda qor tushib turibdi. Lekin bu qor erni qoplayotgani yo'q. Soat 15:00dan boshlab muxlislar uchun stadion eshiklari ochib berildi va asta-sekin ishqibozlar tribunalarni band etishni boshlab yuborishdi.

Ob-havo shu turishda davom etib tursa ham chakki bo'lmasdi. Har qalay mayda-mayda tushayotgan qorni hozircha zarari tegayotgani yo'q.

"Markaziy" o'yingohga kiraverishda shunaqa bog' ham bor ekan...

Ob-havo qanday bo'lishi hozir barchani qiziqtirmoqda ekanligi rost gap...


Stadionning oldi tomondagi tablosida uchrashuv anonsi va o'yinga oid xabarlar yoritib borilmoqda



Shahboz Beg'amov

Manba: championat.asia