

Birinchi chorak finalda Yaponiya Eron ustidan 3:0 hisobida zafar quchgani haqida xabar bergandik. Ikkinchi chorak finalda musobaqa mezboni Qatar olimpiyachilari KXDR ustidan 2:1 hisobida ustun kelishdi va yarim finalga yo'llanma olishdi.
O'yinning 6-daqiqasida Afif belgilangan penaltidan so'ng hisobni ochdi. 90+2-daqiqada koreyslar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi.
Qo'shimcha bo'limning boshida Asad tomonidan urilgan gol Qatarga g'alaba keltirdi.
Qatar - KXDR 2:1
Gollar: Afif 6 penalti, Asad 92 - So Kyong Jin 90+2



