OFK Prezidenti Toshkentga yetib keldi

Eldor Akmurzayev
16 sen 2019
O'zbekiston futbol associaciyasi taklifi bilan Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa O'zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar bergan edik.

Biroz oldin martabali mehmon yurtimizga yetib keldi. Qita futbol uyushmasi rahbarini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov hamda O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov kutib oldilar.  

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi hamda O'zbekiston futbol associaciyasi o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o'zaro ishonch va munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ushbu tashrif davomida Shayx Salmon yurtimiz futbolidagi islohotlar va kelajakdagi rejalar bilan yaqindan tanishadi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UFA.uz