OFK Prezidenti O'FA Prezidentiga tabrik yo'lladi

Narzulla Saydullayev
18 iyul 2019, 10:24
OFK Prezidenti shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifaning O'FA Prezidenti Abdusalom Abdumavlonovich Azizovga yo'llagan tabrigi.

Hurmatli, Prezident

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining Prezidenti lavozimiga saylanganingiz munosabati bilan sizga samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni yo'llashdan mamnunman.

Sizning ushbu lavozimga loyiq ko'rilganingiz o'zbek futbol oilasining sizga nisbatan katta ishonch va umid bildirishining isbotidir.

Siz, O'zbekistondek go'zal yurtda futbolning yanada rivojlanishiga ulkan xissangizni qo'shishingizga ishonchim komil.

Men va Osiyo futbol konfederatsiyasi faoliyatingizni hamma tomonlama qo'llab quvvatlashini va yaqin vakt ichida siz bilan uchrashish niyatida ekanligimni ishontirib aytmoqchiman.

Eng ezgu tilaklarimni qabul qiling!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz