OFK Kubogi. “So'g'diyona” bugun SSKAga qarshi o'ynaydi

Eldor Akmurzayev
27 iyun 2022, 07:45
Bugun, 27 iyunda OFK kubogining 2-tur bahslari start oladi.

O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan “So'g'diyona” Tojikistonning SSKA jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi va Dushanbedagi stadionda bo'lib o'tadi.

Jizzaxliklar dastlabki turda “Neftchi” (Qirg'iziston)ni 2:0 hisobida enggan bo'lsa, SSKA safarda “Oltin Asr” (Turkmaniston) bilan durang (1:1) o'ynadi.

“E” guruhida 2-turdan o'rin olgan dastlabki uchrashuv esa 19:00 da “Neftchi” hamda “Oltin Asr” o'rtasida o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia