

Unda O'zbekiston klubi 6:0 hisobida g'alabaga erishdi va keyingi bosqichga yo'l oldi.
Endi Ro'ziqul Byerdiev boshchiligidagi "ajdarlar" OFK kubogi yarim finalida Gonkongning "Li Man" klubiga qarshi o'tkazadi. Ushbu bahs 20 oktyabr kuni Qarshidagi "Markaziy" stadionda bo'lib o'tadi.
O'sha kuni ikkinchi yarim finalda "Al Muharraq" (Bahrayn) va "Al Kuvayt" (Kuvayt) klublari to'qnash kelishadi.
Ma'lumot uchun, bu yilgi OFK kubogi finali 5 noyabr kuni o'tkaziladi.



