OFK Chempionlar Ligasi va OFK Kubogidan keyingi musobaqani tashkil etmoqchi

Sherzod Nurmatov
28 okt 2022, 16:14
Bu haqda Qatar futbol assotsiatsiyasi vakili, JCH-2022 tashkiliy qo'mitasi a'zosi Alisher Nikimbaev xabar bermoqda.

"Keling, Osiyo klublar musobaqalari islohoti mavzusiga qaytsak. OFK uchinchi turnirni qayta tashkil etish va shu tariqa mavjud ierarxiyani tiklashni taklif qilmoqda:

Chempionlar Ligasi, OFK Kubogi, OFK Prezidenti Kubogi

Lekin qiziq tomoni: taklif etilayotgan turnir tuzilmasida guruh bosqichida ishtirok etuvchi klublar soni 76 tani tashkil etadi:

Chempionlar Ligasi (24 ta), OFK Kubogi (32 ta) va uchinchi musobaqa (20 ta)

Bu yil esa ikki turnirning guruh bosqichida 77 ta klub ishtirok etdi:

Chempionlar Ligasi (40 ta), OFK Kubogi (37 ta)

Unutmaylik, yangi tizimda Chempionlar Ligasi saralash bosqichida mag'lub bo'lganlarning barchasi to'g'ridan-to'g'ri OFK kubogi guruh bosqichiga yo'l oladi. Bunda klublar reytingida beshinchi yoki oltinchi o'rinlardan pastroq o'rinlarni band etgan mamlakatlar klublari uchun OFK kubogida unchalik ko'p o'rin qolmaydi. Tojikiston, Qirg'iz Respublikasi va Turkmaniston klublari esa uchinchi darajaga tushib qolishgani bois katta ehtimol bilan nafaqat Chempionlar Ligasini, balki OFK Kubogini ham unutishiga to'g'ri keladi. Qolaversa, ushbu turnirda o'yinlar markaziy tarzda o'tkaziladi, shuning uchun muxlislar o'z klublarining xalqaro turnirlardagi uy uchrashuvlarini yillar davomida kutishlari kerak bo'ladi", – deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia