O'FA va O'zPFL futzal musobaqalarining yangi reglamentini tasdiqladi

Narzulla Saydullayev
27 sen 2021, 15:10
“2021/2022 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan futzal musobaqalari reglamenti” tasdiqlandi.

O'zPFL reglament loyihasini jamoatchilik uchun e'lon qilgan, shuningdek, takliflar uchun uni futbol klublari hamda O'FAga taqdim etgandi. Mazkur reglament OFK talab etayotgan futzal mezonlarini ham o'z ichiga olgan.

Reglament bilan mazkur havola yordamida tanishib chiqish mumkin. Endilikda futzal musobaqalari unda qayd etilgan qoidalar asosida tashkil etiladi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz