

Bu borada shaxsan o'zimda bir nechta xulosa va fikrlar uyg'ondi. Shularni bo'lishishga qaror qildim
1. Nima uchun bu yanvar oyidayoq e'lon qilinmadi? Faqatgina Asimov faoliyatini yakunlagani haqida bayonot berildi, xolos. Vaholanki, Asimov ham, Karimovda ham ayblovlar, natijaga ta’siri borlikda aloqador bo'lib chiqdi. Ular jimgina chamadonni yig'ishtirib qo'ya qolishdi va osongina qutulishdi.
2. Akobirxo'ja Shukurullaev, Abdurashid Xudoyberganov Firdavs Norsafarov o'sha vaqtda gap 2024 yilning avgusti haqida ketmoqda ma'lum muddatga chetlashtirilgan. Lekin nima uchun na O'zFHM, na O'FA Etika qo'mitasining bu haqidagi ma'lumotnomasi ommaga taqdim qilinmadi. Shaffoflikning faqat ustki oynasi shaffof bo'lib chiqyaptimi? Oyna ortida nima ishlar bo'layotganini bilgan bilyapti bilmagan yo'q. Xullas yangi mavsum boshlanishidan biroz o'tib bu uch hakamga nisbatan qo'llanilgan cheklov vaqti tugagan. Demak hech qanday ayb yoki boshqa argument topilmagan degan xulosa kelyapti. Ortda qolgan 7 oyni ular shunchaki o'tkazishdi. Firdavs Norsafarov JCH-2026da VAR hakami sifatida ishtirok etishi mumkin edi, ro'yxatga kiritilgandi ham. Hakamlar O'zFHM degan tashkilotniki. Shunday ekan ularning ham bu qarorlarga ta’siri bo'lganmi yoki yo'q degan savollar ham qiynamoqda.
3. Joriy mavsum 5 ta turi avvalgi yillarga nisbatan jiddiy xatolardan xoli o'tdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Vaholanki, bir paytlar VAR ranglari adashtirib yuborilgan, noto'g'ri qarorlar sabab ochko yo'qotishlar ilk turdanoq boshlanib ketgan yillarni ko'rganmiz. O'yinlar shiddatli o'tishini, 22 kishining mehnatini maydondagi 3 kishi o'zgartirib yubormasligi tarafdoriman. Maydonda futbol ko'raylik, tamom.
4. O'FA Etika qo'mitasi to'liq reformaga muhtoj. Bugungi tezkor zamonda 7 oy oldingi voqea ustidan bugun qaror chiqarilganini ma'lum qilinishi o'ta tushunarsiz. Ular diskvalifikaciya yoki shunga o'xshash vaziyatlarga aniqlik kiritib ommaga aytgunicha futbolchi, hakam, murabbiy va boshqalarning muddati tugab qaytadi ham.
A.Iskandarov



