Odriosola: "Benzema - dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchisi"

Aslanov Jasurbek
1 apr 2019, 11:29
"Real" himoyachisi Alvaro Odriosola "Ueska"ga qarshi LaLiganing 29-tur o'yinidan (3:2) so'ng jamoa hujumchisi Karim Benzema o'yini haqida fikr bildirdi.

"LaLigada har bir raqib o'ynashni biladi, shu sababli bazida o'yinlar muxlislar kutganidek o'tmaydi. "Ueska" - qiyin raqib. Birinchi bo'limda yaxshi harakat qildik. Ammo ikkinchi bo'limda raqib bizga muammolar tug'dirdi.

Benzema - dunyoning eng yaxshi markaziy hujumchisi. Jamoamizda Karim borligidan juda ham mamnunmiz" - deydi Odriosola.

"Real"ning keyingi uchrashuvi 3 aprel kuni "Valensiya"ga qarshi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Chiringuito