

Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi bugundan e'tiboran Yaman va Filippinga qarshi o'yinga tayyorgarlik jarayonini boshladi.
Yig'inga taklif etilgan futbolchilar ro'yxatiga kiritilgan "Nasaf" a'zosi Odiljon Hamrobekov esa bugungi MTJ mashg'ulotida ko'rinish bermadi.
Futbolchi OTJ bilan Slovakiyada o'tadigan turnirga ketadigan bo'lgan. Odil Hamrobekov bugungi mashg'ulotni aynan OTJ safida o'tkazdi.



