Odil Ahmedov: "Shomurodovning kelajakda "Real" va "Barselona"da o'ynashi mumkinligiga ishonaman"

Alisher
29 iyul 2021, 16:28
O'zbekiston terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Odil Ahmedov Eldor Shomurodovning "Jenoa"dan "Roma"ga o'tishiga izoh bildirdi.

"Eldor uchun juda ham mamnunman, bu ajoyib yangilik. Umid qilamanki, u bilan "Roma"da hammasi yaxshi bo'ladi va futbolchi sifatida o'sadi. Uning kelajakda Madridning "Real" va "Barselona" klublarida o'ynashi mumkinligiga ishonaman. Buning uchun Shomurodovda barchasi bor. Bu butun O'zbekiston uchun katta quvonch, u mamlakatda futbolni ommalashtirmoqda va katta namuna bo'lmoqda.

Joze Mourinyu qo'l ostida Mxitaryan - Shomurodov bog'lamini ko'rish juda qiziq bo'ladi. Uning Italiya chempionatida porlashini tilayman. Asosiysi, jarohatlarsiz. Faqat omad va muvaffaqiyat", - deydi Ahmedov.

Eslatib o'tamiz, oldinroq bir qator insayderlar Shomurodovning "Roma"ga o'tishga yaqinligini xabar qilgandi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Матч ТВ