Odil Ahmedov Rossiya premer-ligasida 100-o'yinni o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
10 mar 2015, 12:39
O'zbekistonlik yarim himoyachi Odil Ahmedov kuni kecha Rossiya premer-ligasi doirasida "Spartak"ka qarshi bahsda gol urdi.
Bu gol Odil uchun "Krasnodar"dagi uchinchi gol bo'ldi (Rossiya premer-ligasida 2ta, Yevropa ligasida 1ta).

Odil Ahmedovning Spartak darvozasiga urilgan gol Krasnodar uchun Rossiya premer-ligasidagi safarda urilgan 80-gol bo'ldi.

O'zbekistonlik futbolchi shu kuni Rossiya premer-ligasida 100-o'yinni o'tkazdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia