

O'yindan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov o'z fikrlarini bildirdi.
"Eron bilan bo'lgan o'yinda kerakmas joyda ochko yo'qotdik. Jamoadoshlarim 100 foiz kuch bilan o'ynashdi. To'g'ri, jarohatim bor edi, lekin jiddiy emas. G'alaba qozonganingizdan keyin jarohat ham bilinmay qoladi. Bizni qo'llab-quvvatlash uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislarga katta rahmat aytaman", - dedi Ahmedov.




