OCHL. "Sepaxon" - "Al Nasr" o'yini Toshkentda o'tkazilishi mumkin

Alisher
19 fev 2020, 13:55
O'zbekistonlik taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev o'zining Telergamdagi kanalida "Sepaxon" - "Al Nasr" o'yini O'zbekistonda o'tkazilishi mumkinligini ma'lum qildi.

Xabaringiz bor, Chempionlar ligasi "D" guruhi 3-turi doirasida Eronning "Sepaxon" va Saudiya Arabistonining "Al Nasr" jamoasi bilan kuch sinashadi.

3 mart kuni o'tkaziladigan uchrashuv katta ehtimol bilan Toshkentdagi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi. Aftidan, eronliklar Saudiya Arabistoni jamoasiga to'g'ri keladigan safar o'yinini tashkil qilish usulini topishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: t.me/ANikimbaev