OCHL. "S" guruhidagi vaziyat va imkoniyatlar haqida

19 mar 2015, 15:07
17-18 mart kunlari Osiyo chempionlar ligasining 3-tur bahslari bo'lib o'tdi.
"S" guruhida kurash olib borayotgan "Lokomotiv" Qatarda "Al Sadd" mehmoni bo'lib, yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Albatta, o'yin maydon egalari foydasiga 6:2 bo'lishini hech kim kutmagandi. "Lokomotiv" o'yinni yaxshi boshladi, hatto raqib darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirdi.

Ammo 20-daqiqadan boshlab ustunlik "Al Sadd" tomoniga o'tdi va birinchi taymning o'zidayoq ular javobsiz uchta to'p kiritishdi. Birinchi gol penaltidan kiritilgach, Abramov himoyada yaxshi o'ynab turgan Shavkat Mullajonovni almashtirdi. Shundan so'ng "Loko" himoyasida parokandalik yuzaga keldi. Natijada jamoa oltita gol o'tkazib yubordi. "Lokomotiv"ning ikkita goli standart vaziyatdan kiritildi: biri jarima to'pidan, ikkinchisi penaltidan.

Guruhdagi narigi o'yinda hisob ochilmadi. "Al Hilol" safarda "Fulad"ga qarshi bahs olib borib, bunda darvozalarga to'p kiritish hech kimga nasib qilmadi. 3-tur natijalaridan so'ng "Al Sadd" 7 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda borayotgan "Al Hilol" hisobida 4, undan keyingi o'rinni egallab turgan "Fulad"da uch ochko bor. "Loko" esa uchta o'yindan so'ng atigi bir ochko bilan oxirgi o'rinni egallab turibdi. Imkoniyatlar haqida to'xtaladigan bo'lsak, "Al Sadd" bilan "Al Hilol"da keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyat boshqalarga qaraganda ancha yaxshi. "Lokomotiv"ni esa faqat mo'jizagina guruhdan olib chiqishi mumkin.

SO'Z
- O'yin bunday tus olishini tushimda ham ko'rmagandim. Futbolchilar xuddi birinchi bor maydonga tushgandek harakat qilishdi. Kerakmas joyda penalti ishlab oldik. Shundan so'ng o'yin tizginini butkul qo'ldan chiqardik. O'zimni va jamoamni oqlash uchun hech qanday sabab yo'q (Vadim Abramovning o'yindan keyin aytgan gaplari).

3-tur. 17 mart
"Al Sadd" - "Lokomotiv" 6:2
"Fulad" - "Al Hilol" 0:0

JADVAL

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NOchk
1Al-Sadd32107 - 257
2Al Hilal31113 - 214
3Foolad Khuzestan30301 - 103
4Lokomotiv Tashkent30124 - 10-61


Keyingi uchrashuvlar
4-tur. 8 aprel
"Lokomotiv" - "Al Sadd"
"Al Hilol" - "Fulad"

Manba: championat.asia