OCHL. "Nasaf" joy olgan guruhdagi ikkinchi o'yinda "Persepolis" g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
5 mar 2018, 20:51
Osiyo chempionlar ligasi 3-turidan o'rin olgan yana bir o'yin tugadi.

"Nasaf"ning guruhidan o'rin olgan "Persepolis" - "Al Vasl" uchrashuvida mezbonlar zafar quchishdi.

Shu tariqa, "C" guruhida bir yo'la uchta klubda 6tadan ochko bor.

"Nasaf" keyingi turni Qatarda "Al Sadd"ga qarshi o'tkazadi.

"C" guruhi. 3-tur
"Persepolis" - "Al Vasl" 2:0
Gollar: 
Farshad Ahmadzoda 36, Ali Alipur 41 penalti

"Nasaf" - "Al Sadd" 1:0
Gol: 
Azizjon G'aniev 62 penalti



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia