

1/8 final natijalariga ko'ra O'zbekiston, Eron va Saudiya Arabistonining ikki klubi keyingi bosqichga yo'l oldi.
"Paxtakor" (O'zbekiston) - 1/8 finalda Eronning "Istiqlol" klubini 2:1 hisobida mag'lub etdi.
"Persepolis" (Eron) - 1/8 finalda Qatarning "Al Sadd" klubini 1:0 hisobida mag'lub etdi.
"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - 1/8 finalda BAAning "Shabab Al Ahli" klubini penaltilar seriyasida 5:4 hisobida mag'lub etdi.
"Al Nassr" (Saudiya Arabistoni) - 1/8 finalda Saudiya Arabistonining "Al Taavon" klubini 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Shunday qilib "Paxtakor"ning 1/4 finaldagi raqibi "Persepolis", "Al Nassr" va "Al Ahli"dan biri bo'ladi. Juftliklar qur'a natijasiga ko'ra aniqlanadi. Chorak final o'yinlari 30 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.




Ertangi qur'a tashlash marosimi ushbu zalda o'tkaziladi va hozirda marosimga tayyorgarlik jarayonlari kechmoqda. Qur'a marosimi Toshkent vaqti bilan 13:00 da boshlanadi.

Sizningcha, keyingi bosqichda "Paxtakor"ga qaysi jamoa raqib bo'lgani maqul?



