OCHL. “G'arb” mintaqasi. “D” guruhi murabbiylari

Narzulla Saydullayev
27 fev 2014, 18:55
25 fevraldan OCHL guruh bahslariga start berildi. “D” guruhida “Al Sadd” (Qatar), “Al Hilol” (S.Arabistoni), “Al Ahli” (BAA) hamda “Sepaxon” (Eron) klublari kurash olib bormoqda.
Quyida mazkur jamoalarni boshqarayotgan murabbiylar haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz.

Kosmin Olariu (Ruminiya)
“Al Ahli” bosh murabbiyi
Tug'ilgan sanasi:
10 iyun, 1969 yil
Malumot uchun: O'z vaqtida Ruminiyaning “Nasonal” va “Styaua” klublarini boshqargan Kosmin Olariu 2007 yil “Al Hilol” bilan Saudiya chempionligi va Kubogini qo'lga kiritgan. U “Al Ahli”ga kelgunga qadar “Al Ayn” bilan ikki bor BAA chempioni bo'lgan.




Sami Al Jaber (S.Arabistoni)
“Al Hilol” bosh murabbiyi
Tug'ilgan sanasi:
12 noyabr, 1972 yil.
Ma'lumot uchun: Saudiya futbolining afsonasi hisoblangan Sami Al Jaber bugungi kunda o'zi 20 yil to'p surgan “Al Hilol”ni boshqarmoqda. U futbolchilik faoliyatini tamomlagach, Yevropaga borib murabbiylik kurslarida tahsil oldi. Qolaversa, Fransiyaning “Oser” jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib ishladi va o'tgan yilning may oyidan “Al Hilol”ni qabul qilib oldi.




Hussayn Amotta (Marokash)
“Al Sadd” bosh murabbiyi
Tug'ilgan sanasi:
24 oktyabr, 1969 yil.
Ma'lumot uchun: Hussayn Amotta futbolchilik paytida “Al Sadd”da to'p surgan. Taqdir taqozosini qarangki, bugungi kunda u shu jamoani boshqarmoqda. Amotta 2012 yil “Al Sadd”ni qabul qilib olgach, o'sha mavsumning o'zidayoq mamlakat chempionligini qo'lga kiritdi. Bungacha olti yildirki “Al Sadd” chempion bo'la olmayotgandi.




Zlatko Kranchar (Xorvatiya)
“Sepaxan” bosh murabbiyi
Tug'ilgan sanasi:
15 noyabr, 1956 yil.
Ma'lumot uchun: 2006 yilgi jahon chempionatida Xorvatiya termasiga ustozlik qilgan Zlatko Kranchar Osiyodagi faoliyati mobaynida dastlab “Piruzi”da ishladi. U “Sepaxan” bosh murabbiyi etib tayinlanishidan oldin biroz vaqt Chernogoriya termasiga ustozlik qilgan. Kranchar “Sepaxan” bilan birinchi mavsumidayoq mamlakat chempioni bo'ldi.



X.Xoliqov tayyorladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia