OCHL finali 19 dekabr kuni Qatarda bo'lib o'tadi

Alisher
16 okt 2020
Osiyo Chempionlar Ligasining joriy mavsum final bosqichi qayerda bo'lib o'tishi ma'lum.

Final g'arb mintaqasi g'olibi bo'lmish jamoaning maydonida bo'lib o'tishi kerak edi, "Persepolis" g'arbda g'olib bo'ldi va final ham Tehronda bo'lib o'tishi kerak edi.

Ammo, OFKning fikriga ko'ra, Tehron hozirgi pandemiya sharoitida finalni qabul qila olmaydi va yakunda finalni o'tkazish Qatar futbol assotsiatsiyasiga taklif qilingan.


AlisherMuallif
Manba: the-afc.com