OCHL. 4-turning yana bir o'yinini o'zbekistonlik hakam boshqaradi

Eldor Akmurzayev
18 apr 2022, 09:45
Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar bermoqda.

OCHL guruh bosqichi 4-tur uchrashuvlaridan o'rin olgan “Al-Rayyan” – “Sharja” uchrashuvidagi bosh hakamlik vazifasi Aziz Asimovga ishonib topshirildi, unga qanotlarda Kvak Seungsun (Janubiy Koreya) va Yoqub Almutairi (Kuvayt) yordam beradi. Zaxira hakami sifatida esa yana bir koreyalik mutaxassis Kim Higun faoliyat olib boradi.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19 aprel soat 22:15 da start oladi.

Avvalroq, Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi “Ash Shabob” (Saudiya Arabistoni) - “Al Quva” (Iroq) bahsida ishlashi ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати