OCHL-2022. "Sepaxon" - "Paxtakor". "Sherlar" safida Cherandan tashqari yana ikki yo'qotish bor

Narzulla Saydullayev
20 apr 2022, 12:00
22 aprel kuni Osiyo chempionlar ligasi 5-turidan o'rin olgan "Sepaxon" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Mazkur bahsda "sherlar" safida uch nafar futbolchi aniq maydonga tusha olmaydi.

Dragan Cheran jarohati bois nafaqat Eron klubi bilan bahsni balki OCHLdagi keyingi bellashuvlarni ham o'tkazib yuborishi mumkinligi haqida Fahriddin Ro'ziev o'z kanalida yozgandi.

3-turda "Al Duhail"ga qarshi bahsning so'nggi daqiqalarida sariq kartochka olgan Ikrom Aliboevning OCHLdagi ogohlantirishlari soni ikkitaga etdi va diskvalifikaciyaga uchradi.

"Duhail" bilan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, yakunda qizil kartochka olgan hujumchi Mirjahon Mirahmadov ham "Sepaxon" bilan o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Ma'lumot uchun, "Paxtakor"ning quyidagi futbolchilarida bitta sariq kartochka mavjud: Dragan Cheran, Sherzod A'zamov, Kamen Xadjiev, Odiljon Hamrobekov, Jasur Yoqubov, Hojiakbar Alijonov, Azizbek Turg'unboev, Farruh Sayfiev. Agar bu futbolchilar "Sepaxon" bilan o'yinda ogohlantirish olishsa, 6-turda "Al Taavon"ga qarshi o'ynashmaydi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia