OCHL-2019. Bugun Toshkentda bir qator rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
11 fev 2019, 07:00
Ertaga O'zbekistonning bir yo'la ikki klubi Osiyo chempionlar ligasi saralash uchrashuvini o'tkazadi.

Toshkentda "Paxtakor" Iroqning "Eyr Fors" klubini qabul qilsa, Olmaliq shahrida AGMK Tojikiston chempioni "Istiqlol" bilan kuch sinashadi.

Bugun esa mazkur uchrashuvlardan oldingi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tadi. E'tiborlisi bugungi barcha tadbirlar Toshkent shahrida o'tkaziladi.


11 fevral kungi rasmiy tadbirlar ro'yxati:

"Paxtakor" - "Eyr Fors"

14:00 "Paxtakor" matbuot anjumani ("Paxtakor" stadioni)
14:30 "Eyr Fors" matbuot anjumani ("Paxtakor" stadioni)
15:00 "Eyr Fors" mashg'uloti ("Paxtakor" stadioni)
16:00 "Paxtakor" mashg'uloti ("Paxtakor" stadioni)


AGMK - "Istiqlol"


11:00 AGMK mashg'uloti ("Jar" stadioni)
11:30 "Istiqlol" matbuot anjumani ("Lotte" mehmonxonasi)
12:00 AGMK matbuot anjumani ("Lotte" mehmonxonasi)
16:00 "Istiqlol" mashg'uloti ("Jar" stadioni)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia